Surxondaryoda “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasi gʻoliblari aniqlandi

0
1585

Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda Surxondaryo viloyati shahar va tumanlaridagi umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinflarida tahsil olayotgan “Vatan tayanchi” otryad aʼzolari oʻrtasida “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining viloyat bosqichi oʻtkazildi.

Qizgʻin bahslarga boy boʻlgan musobaqada yoshlar “Mohir mergan”, “Harbiylashtirilgan estafeta”, “Jabrlanuvchiga birinchi yordam koʻrsatish”, “Duatlon”, “Safda qoʻshiq aytish” va “Temur tuzuklari bilimdoni” kabi shartlar boʻyicha oʻzaro kuch sinashdi.

Yakuniy natijalarga koʻra, faxrli 1-oʻrinni Denov tumaning “Janub qalqonlari” jamoasi, 2-oʻrin Termiz shahrining “Vatanparvarlar” jamoasi hamda 3-oʻrin esaShoʻrchich tumaning “Temurbeklar” jamoasi qoʻlga kiritdi. Shuningdek, Jaqoʻrgʻon tuman jamoasi vakili Sherxon Turonov “Eng yaxshi mergan”, Sariosiyo tumani vakili Azizbek Joʻraqulov “Eng kuchli sportchi” va Qumqoʻrgʻon tumani vakili Javohir Abdullayev “Temur tuzuklari bilimdoni” hamda Angor tumani vakilasi Durdona Abdullayeva “Eng yaxshi ijrochi” nominatsiyasi boʻyicha taqdirlandi.

“Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasining tantanali taqdirlash marosimida g‘oliblarga diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi. Musobaqa yakunida bo‘lsa “Yashil makon” doirasida harbiy qism hududiga mevali va manzarali koʻchatlar ekildi.