“Vatanparvarlik karvoni” oliy ta’lim muassasasiga tashrif buyurdi

0
1399

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari — tinchlik va osoyishtalik posboni”, “Temur tuzuklarining yoshlar tarbiyasiga ta’siri”, “Vatan ozodligi — oliy saodat” mavzusida vatanparvarlik karvoni tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda universitet professor o‘qituvchilari va talabalari, Qurolli Kuchlar faxriylari, harbiy xizmatchilar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘z olganlar bugungi kunda yurtimizda yoshlar va harbiy xizmatchilar uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlar, tinchlikning naqadar muqaddas va oliy ne’mat ekani, uni qadrlash har birimizning burchimiz ekani haqida alohida to‘xtalib, talaba yoshlarga kelgusi faoliyatlari mobaynida omad va zafarlar tilashdi.

Shundan so‘ng tadbir ishtirokchilariga, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari hozirga qadar bosib o‘tgan tarixiy yo‘li va harbiylarimiz uchun yaratilgan imkoniyatlarni aks ettiruvchi videorolik namoyish etildi.

Toshkent harbiy okrugi tasarrufdagi faxriy qorovul va qo‘l jangi jamoasi tomonidan tayyorlangan ko‘rgazmali chiqishlar va Maxsus-avariya tiklash boshqarmasining “IMPULS” jamoasini kuy-qo‘shiqlari barchada katta taassurot qoldirdi.

Muhammadali Akbarov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti