Navoiyda harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi

0
1165

Bugungi kunda Mudofaa vazirligiga qarashli respublikamizning eng olis hududlaridagi harbiy qismlarda ham xizmat o‘tayotgan harbiy xizmatchilar hamda ularning oila aʼzolarini har tomonlama ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda

Jumladan, Navoiy viloyati Uchquduq tumani tibbiyot birlashmasi, Oʻzbekiston Respublikasi harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda Uchquduq tumanida joylashgan harbiy qismda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilarning oila aʼzolarini hamda ayol harbiy xizmatchilarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, ularga malakali tibbiy xizmat, kasalliklarni erta aniqlash va tibbiy maslahatlar berish maqsadida tibbiyot mutaxassislari ishtirokida davra suhbati hamda chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik o‘tkazildi.

Davra suhbatidan soʻng, ayollarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun bolalar va kattalar shifokori, jarroh va nevropotolog, travmatolog, ginekolog, mammolog, endokrinolog, UZI va EKG tekshiruvi, onkologiya yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislar tekshiruvlari tashkil etildi.

Shuningdek, tekshiruvlar davomida Markaziy harbiy klinik gospitali Mammologiya markazi mutaxassislari tomonidan ham maslahatlar berilib, chuqurlashtirilgan tibbiy koʻrik oʻtkazildi.