“Yashil makon” doirasidagi tadbirlar Markaziy harbiy klinik gospitalida davom etdi

0
2302

Xabaringiz bor Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida “Yashil makon” va “Yashil belbogʻ”larni yaratish tadbirlari “Yashil makon – bu kelajak avlod oldida bizning majburiyatimiz” shiori ostida tashkil etilmoqda.

Bugun, 30-mart kuni Markaziy harbiy klinik gospitalida Mudofaa vazirligi ofitser va serjantlari, Harbiy tibbiyot akademiyasi faollari ishtirokida yuzlab mevali, manzarali koʻchatlar oʻtqazilib, hudud hovlisiga turli gullar ekildi.

Bahor shukuhi kezib yurgan shunday pallalarda harbiy xizmatchilarning bu kabi tashabbuslarda faol boʻlayotgani nafaqat muassasa hududi obodonchiligiga, balki ishchi-xodimlar, yurtdoshlarimizning kayfiyatlarini koʻtarishga, ularni bu borada shaxsiy namuna koʻrsatishlariga undamoqda.

Chinor, qayragʻoch, shumtol kabi koʻp yillik daraxt koʻchatlarining oʻtqazilayotgani, gultojixoʻroz, lavanda, rayhon gullarining keng miqiyosda ekilayotgani gospital hududi atmosferasini yashnatib yubordi, desak toʻgʻri boʻladi. Chunki asosiy maqsad ham shu maskan misolida namuna koʻrsatish, bu yoʻlda barchani birlashtirishdir.

“Yashil makon” doirasidagi ramziy estafeta vazirlik tizimining barcha jabhalarida yuqori surʼatlarda davom etmoqda. 

Kapitan Bobur Elmurodov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti