Farg‘onada otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash tajribasiga bag‘ishlangan forum boshlandi

0
1275

Bugun, 29-mart kuni Farg‘ona davlat universitetida otaliqqa olingan yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yagona yondashuvning namunaviy tajribasini shakllantirishga qaratilgan forum boshlandi.

Forumda Mudofaa vazirligi mutasaddilari, hududiy IIBB boshliqlari, Yoshlar ishlari agentligi mas’ullari, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari, Mudofaa ishlari boshqarmalarining vakillari, “Mahalla yettiligi” a’zolari ishtirok etmoqda.

Tadbirda so‘zga chiqqan mudofaa vaziri o‘rinbosari general-mayor Hamdam Qarshiyev 1-sektorga biriktirilgan yoshlar bilan ishlash hamda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning o‘ziga xos xususiyatlari haqida ma’ruza qildi.

Shuningdek, forum doirasida otaliqqa biriktirilgan yoshlarning muammolarini aniqlash va hal etishda davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik, og‘ir toifadagi yoshlar bilan ishlash tizimini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama qilinadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti