Yoshlarni otaliqqa olish dasturi bo‘yicha o‘quv seminar

0
1094

Shu yilning 12-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishda davlat rahbari yoshlar masalasiga alohida toʻxtalib, masʼullarga mazkur yoʻnalishda bajarilishi lozim boʻlgan bir qator muhim topshiriqlar bergan edi.

Belgilangan topshiriqqa muvofiq, Mudofaa vazirligiga 1 million yoshlarni otaliqqa olish, bu ishlarni respublikamizning 1-sektorlari bilan hamkorlikda amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash yo‘lida Toshken harbiy okrugi tasarrufidagi harbiy qismlar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqilgan yoshlarni otaliqqa olish dasturi bo‘yicha o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

Yoshlarning mahallasi hamda o‘quv dargohida o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida hamkor tashkilotlar bilan birga ularni kasb-hunarga oʻqitish va bandligini taʼminlashga koʻmaklashish masalalari o‘rganildi.

Toshkent harbiy okrug matbuot xizmati