Muddatli harbiy xizmatni oʻtab boʻlgan askarlar uylariga kuzatildi

0
2018

Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligining Qorqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Qashqadaryo, Fargʻona va Toshkent viloyatlarida joylashgan harbiy qismlarida yigitlik burchini oʻtab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilar uylariga kuzatildi.

Kuzatish marosimlarida bir yil davomida berilgan topshiriqlarni oʻz vaqtida bajarib jangavor va maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlikdan yuqori natijaga erishgan bir guruh muddatli harbiy xizmatchilarga oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda imtiyoz beradigan harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomasi hamda tashakkurnomalar tantanali tarzda topshirildi.

Tadbirga hududiy hokimlik mutasaddilari, faxriylar kengashi aʼzolari, Yozuvchilar uyushmasi vakillari hamda bir guruh yoshlar ham taklif qilindi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar harbiy xizmatni naʼmunali oʻtab, yurtimiz osoyishtaligini himoya qilish yoʻlida mardonavor hissa qo‘shgan yigitlarning keyingi hayotida ham zafarlar yor bo‘lishi tilandi.