“Qurolli Kuchlarda ijtimoiy himoya” elektron platformasi ishga tushirildi

0
1302

Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi tomonidan “Qurolli Kuchlarda ijtimoiy himoya” elektron platformasi ishga tushirildi.

Platforma Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 23-dekabrdagi tegishli farmoni hamda Qurolli Kuchlarda faoliyatni bosqichma-bosqich raqamlashtirish chora-tadbirlari dasturi ijrosi doirasida yaratildi.

Hozirda platformada 3 ta — ipoteka krediti, ragʻbatlantirish va intizomiy jazo, ijara kompensatsiyasi yoʻnalishlari boʻyicha harbiy tuzilmalararo test rejimida ishlamoqda.

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining oʻrinbosari Q.Isroilov rahbarligida Qurolli Kuchlar tarkibidagi vazirlik va idoralar masʼullari ishtirokida muloqot oʻtkazildi.

Unda platformaning dastlabki amaliyot natijalari va kelgusidagi chora-tadbirlar yuzasidan fikr-mulohazalar almashildi.