AQSH delegatsiyasi O‘zbekiston Mudofaa vazirligida bo‘ldi

0
2192

AQSH Vakillar palatasi qoʻmitasi raisi, kongressmen Mayk Rojers boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Yurtimizga tashrif doirasida Mayk Rojers O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-leytenant Bahodir Qurbonov bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida har ikki tomon O‘zbekiston va AQSH o‘rtasidagi munosabatlar tenglik, ishonch va hurmat, o‘zaro manfaatlarni inobatga olish kabi prinsiplar asosida rivojlanayotgani, strategik sheriklik darajasiga yetganligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, keyingi yillarda ikki tomonlama hamkorlikda yuqori darajaga erishilgani, faol muloqotlar va oʻzaro tashriflar davom etayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti