“Vatanga sodiq yoshlar” shiori ostida o‘quv yig‘ini tashkil etildi

0
1300

Joriy yilning yanvar oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, xususan, yosh avlodning qalbi va ongi uchun kurash kuchayib borayotgan hozirgi o‘ta murakkab sharoitda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaning o‘rni va ahamiyati tobora ortib borayotganiga alohida e’tibor qaratilgan edi.

Davlatimiz rahbari bu masala bo‘yicha mutasaddilarga tegishli tartibda topshiriqlar bergan. Ayni paytda joylarda yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning o‘qishi va bandligini ta’minlash, muammolarini o‘rganish, harbiy-vatanparvarlik tadbirlarida samarali qamrab olish bo‘yicha rasmiy idoralar, mahalla va muassasalar, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida tizimli ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Ayni shu maqsadlarda Nukus shahrida joylashgan harbiy qismda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan uyushmagan yoshlar ishtirokida “Vatanga sodiq yoshlar” shiori ostida 2 kunlik o‘quv-yig‘ini tashkil etildi. Yig‘in Qurolli Kuchlar akademiyasining harbiy xizmatchilari, Nukus shahar hokimligi, shahar prokuraturasi vakillari hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida o‘tkazildi.

Yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlash tadbirlari davom etadi.