Uchta viloyatda otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

0
873

Shu yilning 12-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishda davlat rahbari yoshlar masalasiga alohida toʻxtalib, masʼullarga mazkur yoʻnalishda bajarilishi lozim boʻlgan bir qator muhim topshiriqlar bergan edi. Belgilangan topshiriqqa muvofiq Mudofaa vazirligiga 1 million yoshlarni otaliqqa olish, bu ishlarni respublikamizning 1-sektorlari bilan hamkorlikda amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash yo‘lida Samarqand, Jizzax va Navoiy garnizonlaridagi harbiy qismlar tomonidan o‘zlariga biriktirilgan yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular orasida huquqbuzarliklarning oldini olish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida uchrashuvlar tashkil etildi.

Yoshlarning mahallasi hamda o‘quv dargohida o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida hamkor tashkilotlar bilan birga ularni kasb-hunarga oʻqitish va bandligini taʼminlashga koʻmaklashish masalalari o‘rganildi.

Shuningdek, yoshlarga oliy harbiy bilim yurtlari haqida ma’lumotlar berilib, jamiyat hayotiga daxldorlik va qonunga hurmat kabi ezgu tuyg‘ularni shakillantirish bo‘yicha ma’ruzalar qilindi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati