Sirdaryoda “Jasorat maktabi” yig‘inining navbatdagi mavsumi boshlandi

0
729

Sirdaryo viloyatida “Jasorat maktabi” harbiy oʻquv yigʻinining ikinchi mavsumi boshlandi. Toshkent harbiy okrug qoʻmondonligi tasarrufidagi harbiy qismda oʻquv yigʻin ochilish marosimiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Unda Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchilari Sirdaryo viloyatining shahar va tumanlardan kelgan yigitlar, mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda Toshkent harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi hamda harbiy qism komandiri, yoshlarga yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va keng koʻlamli imkoniyatlar haqida fikr bildirdilar.

Ushbu yigʻin ishtirokchilari bilan harbiy qismda jangovar, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik, IT-texnologiyalari, tadbirkorlik hamda kasb-hunarga oʻrgatish boʻyicha mashgʻulotlar hamda turli sport oʻyinlari va koʻrik-tanlovlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati