Farg‘onalik yigitlar muddatli harbiy xizmatga kuzatildi

0
1610

Farg‘ona viloyat mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi Chaqiriluvchilarni harbiy texnik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazida farg‘onalik yoshlar muddatli harbiy xizmatga tantanali kuzatildi.

Kuzatuv marosimida Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, Qurolli Kuchlar faxriylari, nuroniy va oqsoqollar hamda chaqiriluvchilarning yaqinlari ishtirok etdi.

Tantanali tadbirda yigitlik burchini o‘tashga otlangan o‘g‘lonlar so‘zga chiqib, ota-onasini va yaqinlari ishonchini oqlagan holda muddatli harbiy xizmatni a’lo darajada o‘tashlarini hamda yurtimizga sadoqat bilan xizmat qilishga va’da berdilar.

Barcha sinovlardan oʻtib, maʼnan va jismonan sogʻlom ekanligini isbotlagan yigitlar Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qoʻshinlariga yoʻl oldi. Vatanni ishonchli himoya qilishga vaʼda bergan oʻgʻlonlarga esdalik sovg‘alar topshirildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati