Arnasoyda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi

0
934

Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi tomonidan Jizzax viloyatining shahar va tumanlarida 1-sektorlar hududidagi oʻziga biriktirilgan yoshlarni vatanparvarlikka undash, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tashabbuslarini roʻyobga chiqarish maqsadida oʻtkazilayotgan uchrashuvlarning navbatdagisi Arnasoy tumanida oʻtkazildi.

Unda tuman hokimi Xurshid Alimardonov, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi viloyat kengashi, mudofaa ishlar boshqarma va boʻlimlari hamda tumandagi mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Uchrashuvda milliy armiyamiz kuch-qudrati, yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida aytilib, Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish va oliy harbiy taʼlim muassasalarida tahsil olish tartibi toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, yoshlarning harbiy va ijtimoiy sohadagi muammolari tuman hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻrganildi.

Uchrashuvdan soʻng, harbiy orkestr jamoasining Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlari, faxriy qorovulning koʻrgazmali saf chiqishlari hamda qoʻl jangi sahnasini namoyish etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati