Toshkent harbiy okrugida hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

0
3401

Toshkent harbiy okrugida 2023/2024-oʻquv yili boʻyicha amalga oshirilgan ishlarga bagʻishlangan hisobot yigʻilishi oʻtkazildi. Okrug qoʻshinlari qoʻmondoni polkovnik Zokirjon Sayfudinov boshchiligida oʻtgan yigʻilish davomida qoʻmondon oʻrinbosarlarining qoʻshinlar xizmati, jangovar tayyorgarlik hamda moddiy-texnik taʼminoti yoʻnalishdagi hisobotlari tinglandi.

Yigʻilishda 2023/2024-oʻquv yili davomida bajarilgan ishlar va boshlanadigan oʻquv yili boʻyicha amalga oshirilishi zarur boʻlgan eng muhim ustuvor vazifalar muhokama etildi.

Shuningdek, harbiy qism va muassasalarning komandirlari va ularning oʻrinbosarlarini faoliyati ham tahlil etib, muammoli masalalar yechimi yuzasidan yigʻilishning oʻzida tegishli koʻrsatmalar berildi.

Yigʻilish soʻnggida, qoʻshinlarning jangovar shayligini oshirishda hamda koʻrik-tanlov va musobaqalarda yuqori natija koʻrsatgan harbiy xizmatchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Toshkent harbiy okrug matbuot xizmati