Kichik mutaxassislarning navbatdagi bitiruv tantanasi

0
4406

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Kichik mutaxassislar tayyorlash markazida navbatdagi bitiruv tantanasi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondonligi, Samarqand viloyati “Nuroniylar” va  “Yozuvchilar uyushmasi” vakillari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyati Kengashi va keng jamoatchilik, faxriylar, ota-onalar hamda bir guruh yoshlar ishtirok etdi.

So’zga chiqqanlar serjantlarimizning Qurolli Kuchlar saflaridan munosib o‘rin egallayotganligini alohida ta’kidlab o‘tishdi.  Shundan so‘ng Markazni a’lo baholarga tamomlagan bitiruvchilarga “Eng a’lochi mutaxassis” faxriy yorliqlari, sertifikat va ko‘krak nishonlari hamda navbatdagi unvonlar berildi. 

Samarqand garnizoni orkestri va xushovoz xonandalar tomonidan konsert dasturi namoyish etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati