“Temurbeklar maktabi” jamoasi xalqaro olimpiada sovrindori

0
2604

Rossiya Federatsiyasining Qozon suvorov harbiy bilim yurtida MDH davlatlarining harbiy-akademik litseylari oʻquvchilari oʻrtasida fizika boʻyicha V xalqaro olimpiada yakunlandi.

Olimpiadada Oʻzbekiston Respublikasi, Rossiya Fedaratsiyasi, Belarus va Qirgʻiz Respublikalarining 33 ta taʼlim muassasalaridan jami 240 nafardan ortiq kursant va talabalar ishtirok etdi.

Xalqaro olimpiadaning final bosqichi yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tasarrufidagi Fargʻona “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi jamoasi Belarus Respublikasi jamoasini ortda qoldirib, faxrli ikkinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi.