Faxriylarga bayramona quvonch ulashildi

0
1478

21-mart — Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rahbariyati, bir guruh harbiy xizmatchilar mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari hamrohligida urush va mehnat faxriylari xonadoniga tashrif buyurdi.

Tashriflar davomida Vatanimiz tinchligi, yurtimiz farovonligi yoʻlida kurashgan ota-bobolarimizn yod etilib, ular bosib oʻtgan ogʻir yoʻllar xotirlandi. Keksaning salomatligi harbiy shifokorlar tomonidan tekshiruvdan oʻtkazildi. Soʻngra ularga pul mukofoti, esdalik sovgʻalar tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, respublikamizdagi barcha harbiy okruglarda ham harbiy xizmatchilar, davlat va jamoat tashkiloti vakillari, faol yoshlar o‘z hududlarida istiqomat qiluvchi urush va mehnat faxriylari xonadonlarida bo‘ldilar.

Hamkorlikda “Mehr va e’tiborimiz Sizga aziz faxriylar!” shiori ostida faxriylar xonadonlari tartibga keltirilib, obodonlashtirish ishlari o‘tkazildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti