Andijonda “Qo‘mondon kubogi” sovrindorlari aniqlandi

0
1376

Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi 1-sektor yoshlari o‘rtasida “Qo‘mondon kubogi” uchun milliy kurash va tosh ko‘tarish sport turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi.

Jalaquduq tumanida tashkil etilgan mazkur musobaqa Navro‘z ayyomi munosabati bilan o‘tkazildi. Barchaga bahoriy kayfiyat ulashgan musobaqalar yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiylash, ular orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlarni sport jalb qilish, xalq va armiya yakdilligini mustahkamlash kabi maqsadlarni o‘zida jam etgan.

Musobaqa qizg‘in kurashlarga boy bo‘ldi. Unda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni, Jalaquduq tuman hokimi, harbiy qism komandirlari, tuman yoshlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Milliy kurash va tosh ko‘tarishning final bosqichiga qadar bo‘lgan jarayonlarda yoshlar o‘rtasidagi sog‘lom raqobat namoyon bo‘ldi. Final bosqichi esa saralanganlar o‘rtasidagi shiddatli kurashlarga boy tazrda o‘tdi.

Yakunda g‘oliblar okrug qo‘mondoning diplom va medallari hamda qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Taqdirlash jarayonlari tantanali tarzda o‘tdi. “Qo‘mondon kubogi” esa tumanning “Qorovul” mahallasiga nasib qildi. Jalaquduq tumanidagi 1-sektor yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan mazkur musobaqa bayram sayliga ulanib ketdi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati