Markaziy harbiy okrugda bayram shodiyonalari boshlandi

0
1912

Yurtimiz boʻylab “Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!” bosh gʻoyasi asosida boshlangan bayram tantanalari Markaziy harbiy okrugda ham koʻtarinkilik bilan qarshi olindi.

Bayram shodiyonalari bugun erta tongdan barcha garnizonlardagi harbiy qism va muassasalardagi sumalak sayili bilan boshlanib, unda okrug boshqaruv apparati va harbiy qism va muassasalardagi harbiy xizmatchilar, ularning oila aʼzolari hamda Qurolli Kuchlar xizmatchilari faol ishtirok etmoqda.

Shuningdek, Navroʻz umumxalq bayrami munosabati bilan harbiy shaharchalarda arzonlashtirilgan savdo yarmarklalari ham tashkil etilib, unda yordamchi xoʻjaliklar tomonidan yetishtirilgan sifatli oziq-ovaqat mahsulotlari harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolarining bayram dasturxoni uchun tortiq qilinyapti.

Ta’kidlash kerakki, Navro‘z munosabat bilan harbiy xizmatchilar “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida, boquvchisi yoʻq yolgʻiz yashovchi keksalarning xonadonida boʻlib, bayram sovg‘alarini ulashmoqdalar. 

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati