Muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan askarlar uylariga kuzatildi

0
3818

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug tasarrufidagi harbiy qismda yigitlik burchini sharaf bilan ado etgan muddatli harbiy xizmatchilarni uylariga kuzatish marosimi boʻlib oʻtdi.

Kuzatish marosimida bir guruh askarlarga yurtimizdagi oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda imtiyoz beradigan harbiy qism qoʻmondonligining tavsiyanomasi va ularning ota-onalariga tashakkurnomalar tantanali ravishda topshirildi.

Soʻzga chiqqanlar muddatli harbiy xizmatni namunali ravishda oʻtab, Vatan sarhadlarini himoya qilishga, Qurolli Kuchlar jangovar qudratini oshirishga qoʻshgan hissalari uchun askarlarga minnatdorchilik bildirib, jamiyatda oʻz oʻrinlarini topishlarida muvaffaqiyat tilashdi.

Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati