Milliy sport o‘yinlari bo‘yicha musobaqalar boshlandi

0
1356

Navro’z bu tinchlik-totuvlik, farovonlik bayrami. Bu bayram oddiy bayram emas, balki xalqimizning tarixi, falsafasi, tasavvurlari, qadriyatlarini o’zida mujassam etgan, millat bilan ulg’ayib, millat bilan birga taraqqiy etgan bayramdir.

Shu munosabat bilan Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent shahrida joylashgan harbiy qismlarning birida Navro’z bayramlarida muntazam ravishda o’ynalib kelingan chillak, qarabtep, kurash, arqon tortish va boshqa zamonaviy sport turlari musobaqasiga start berildi.

Unda Toifalangan obyektlarni qo’riqlash qo’shinlari qo’mondoni polkovnik Jur’at Yaqubov so’zga chiqib, qadimiy va milliy urf-odatlarmizni o’zida mujassam etgan an’anaviy o’yinlarmizni qadrlash, yosh avlodga bekam-ko’st yetkazish hamda abadiylashtirish maqsadida o’tkazilayotgan ushbu musobaqa ishtirokchilarini faollikka chorladi va barchaga omad tiladi.

Respublikamizning deyarli barcha harbiy qismlarida o’tkazilishi belgilangan musobaqaning g’olib hamda sovrindorlari qimmatbaho va esdalik sovg’alar bilan taqdirlanishi belgilangan. Ushbu musobaqa joriy yilning 20-mart kuniga qadar davom etadi.