Bilim yurtida og‘ir toifadagi yoshlar uchun yig‘in o‘tkazildi

0
2810

Nurafshonlik 35 nafar og‘ir toifaga kiruvchi yoshlar uchun Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida “Vatanning sodiq yoshlari” shiori ostida o‘quv yig‘ini o‘tkazildi.

Mazkur yig‘in yoshlarni sog‘lom turmush tarziga qaytarish, qiziqishlari va muammolarini o‘rgangan holda kasb-hunar hamda chet tilini o‘rganishga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, shuningdek, ularni harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, shu bilan birga, harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida doimiy tarzda tashkil etilmoqda.

Egniga harbiy libos kiygaan yoshlar kun mobaynida haqiqiy harbiycha muhitni his qilishdi. Dastlab, yig‘in ishtirokchilari bilan bilim yurti professor-o‘qituvchilari va Chirchiq harbiy prokuraturasi vakillari bilan “Korrupsiya — taraqqiyot kushandasi”  mavzusida yoshlar o‘rtasida korrupsion holatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik mashg‘ulot, turli mavzularda interaktiv seminar-treninglar o‘tkazildi.

Nazariy mashg‘ulotlardan so‘ng yoshlar bilim yurtida kursantlarning ta’lim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi hamda amaliy jarayonlarda bevosita ishtirok etdi.

Sevinch Xoliqova, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti