Navoiyda muddatli harbiy xizmatchilarga imtiyozli tavsiyanomalar topshirildi

0
2333

Navoiy garnizonida Vatan oldidagi yigitlik burchini o‘tab, muddatli harbiy xizmatni yakunlagan askarlarga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishda qo‘shimcha ball beradigan harbiy qism qo‘mondonligining imtiyozli tavsiyanomalarini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Yigitlarni uylariga kuzatish arafasida tashkil etilgan tadbirda so‘zga chiqqanlar, o‘z xizmat majburiyatlarini sidqidildan bajargan askarlar bilan faxrlanishlarini, hukumatimiz tomonidan qo‘yilgan vazifalarni o‘z vaqtida bajarishi natijasida xalqimizning armiyaga bo‘lgan ishonchi yanada mustahkamlanganini aytib o‘tdilar.

Shuningdek, muddatli harbiy xizmatchilar respublika, Mudofaa vazirligi miqyosida o‘tkazilgan ko‘plab sport musobaqalarida, xotira turnir va chempionatlarida harbiy okrug sharafini munosib himoya qilib, hududagi yoshlarga na’muna bo‘lgani e’tirof etilib, kelajakda ham Vatan, el-yurt uchun jonkuyar, fidoyi inson bo‘lib qolishlari tilandi. 

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati