Yoshlar bilan manzilli va tizimli ishlar amalga oshirilmoqda

0
1260

Joriy yilning yanvar oyida Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yigʻilishida yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, xususan, yosh avlodning qalbi va ongi uchun kurash kuchayib borayotgan hozirgi oʻta murakkab sharoitda harbiy-vatanparvarlik ruhidagi tarbiyaning oʻrni va ahamiyati tobora ortib borayotganiga alohida eʼtibor qaratilgan edi.

Davlat rahbari tomonidan berilgan topshiriqlarga asosan ayni paytda joylarda yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning oʻqishi va bandligini taʼminlash, muammolarini oʻrganish, oʻz vaqtida hal etish, harbiy-vatanparvarlik tadbirlarida samarali qamrab olish boʻyicha rasmiy idoralar, mahalla va muassasalar, huquqni muhofaza qilish organlari, davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligida tizimli ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Xususan, bugun 18-mart kuni Jizzax viloyatida joylashgan harbiy qismda 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan uyushmagan yoshlar ishtirokida “Vatanga sodiq yoshlar” shiori ostida ikki kunlik oʻquv-yigʻini tashkil etildi. Yigʻin Qurolli Kuchlar akademiyasining harbiy xizmatchilari, Markaziy harbiy okrug, Jizzax viloyati hokimligi, viloyat prokuraturasi vakillari hamda Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi hamkorligida oʻtkazildi.