Muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan askarlar uylariga kuzatildi

0
4141

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Andijon garnizonidagi harbiy qismda muddatli harbiy xizmatni o‘tab bo‘lgan bir guruh askarlar o‘z uylariga tantanali ravishda kuztildi.

Harbiy qismda kuzatishga bag‘ishlangan tantanali tadbir o‘tkazildi. Bir guruh muddatli harbiy xizmatchilarga oliy ta’limlarga imtiyoz beruvchi tavsiyanomalar topshirildi.

Harbiy qism komandiri so‘zga chiqib, ushbu yigitlarning qilgan xizmatlari hamda yigitlik burchini o‘tash vaqtida erishgan yutuqlari uchun minnatdorchilik bildirdi, omad va zafarlar tilab qoldi. Muddatli harbiy xizmat davomida barchaga na’muna bo‘lgan, o‘zining bilim va ko‘nikmalarini doimiy oshirib borgan muddatli harbiy xizmatchilarga harbiy qism komandirining tavsiyanomalarini, faxriy yorliqlar hamda esdalik sovg‘alar topshirildi.

Tadbir so‘ngida yurt qalqonlari komandirlarga va harbiy qism shaxsiy tarkibiga o‘z minnatdorchiligini bildirib o‘tishdi. Shundan so‘ng, muddatli harbiy xizmatchilar Andijon temir yo‘l vokzalida o‘z uylariga jo‘natildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati