Marhum harbiy xizmatchi oilasi holidan xabar olindi

0
6847

Mamlakatimiz Qurolli Kuchlarida keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar milliy armiyamiz kuch-qudratini mustahkamlab, Vatanimizda tinchlik, farovonlikni, xalq va armiya birdamligini taʼminlashga, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilmoqda.

Navroʻz bayrami arafasida Termiz garnizonida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarida 2000-yil bir guruh jangarilar bilan toʻqnashuvda qahramonlarcha halok boʻlgan Muhiddin Eshtemirov xonadoniga tashrif buyurdi.

Tashrif chogʻida yurt posbonlari marhum harbiy xizmatchining onasi Manzura Dillayeva bilan suhbatlashib, qahramonning suratlari, olgan mukofotlari va yozgan maktublarini koʻzdan kechirdilar. Muhiddin kabi jasur oʻgʻlonlar xotirasi abadiy barhayot ekani, ular yillar davomida barcha er yigitlarga namuna sifatida koʻrsatib kelinayotganini taʼkidlandi.