BOLAJONLARGA QUVONCH ULASHAYOTGAN VATAN HIMOYACHILARI

0
1931

Qishning oxiri bir oz qattiq keldi. Koʻpchilik qor va sovuqning taʼsirini yaxshigina sezishga ulgurdi. Shundan boʻlsa kerak, kunlar isib, maysalar boʻy koʻrsatishi bilan koʻpchilik harakatga keldi.

Poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi maxsus 101-sonli maktab internati jamoasi ham koʻklamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini bir necha kunga boʻlib olgan, buning uchun jamoadan masʼullar ham tayinlangandi. Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarining bu yerga yordamga kelishi ularning rejalarining amalga oshishini jadallashtirib yubordi.

Askar yigitlarimizning mehnatini koʻrib, mehrim oshib ketdi. Maktabimiz hududini xuddi oʻz uylaridek mehr bilan obod qildilar. Ularga ana shunday xalq bilan yakdil boʻlish fikrini singdirgan komandirlaridan ham minnatdormiz, – deydi maktabning xoʻjalik mudirasi Dildora Qoʻchqorova.

Bolajonlar oʻzlariga yaratilayotgan qulaylik va imkoniyatlaridan behad mamnun.

Kapitan Aziz Norqulov, Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti