Narpayda “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi

0
847

Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi oʻziga biriktirilgan yoshlarni vatanparvarlikka undash, ularni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash hamda tashabbuslarini roʻyobga chiqarish maqsadida navbatdagi uchrashuvni Samarqand viloyatining Narpay tumani 1-sektor hududidagi yoshlar bilan oʻtkazdi.

Uchrashuvda okrug qoʻmondonligi va tuman hokimi Sherzod Rahmonov yig‘ilganlarga yurtimizda yoshlar siyosatiga oid davlat dasturi asosida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan imkoniyatlar hamda milliy armiyamiz kuch-qudrati, Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish va oliy harbiy taʼlim muassasalarida tahsil olish toʻgʻrisida maʼlumotlar berdi.

Shuningdek, uchrashuv davomida yoshlarning harbiy va ijtimoiy sohadagi muammolari tuman hokimligi hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda oʻrganilib, sektor hududidagi faol yoshlarga esdalik sovgʻalari ulashildi.

Uchrashuvdan soʻng, yoshlar uchun Kattaqoʻrgʻon garnizonidagi harbiy orkestr jamoasining Vatanni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlari, faxriy qorovulning koʻrgazmali saf chiqishlari hamda qoʻl jangi sahnasini namoyish etildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati