Termiz garnizonida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan musobaqalar o‘tkazildi

0
1843

Termiz garnizonida joylashgan harbiy qismda 21-mart – Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ishtirokida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida “Mohir qo‘llar” hamda “Pazanda beka” ko‘rik-tanlovlari o‘tkazildi.

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolari ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, harbiy oilalar o‘rtasida hunarmandlik hamda milliy qadriyatlarni keng targ‘ib etish maqsadida tashkil etilgan ushbu bellashuvlar murosasiz va qizg‘in lahzalarga boy tarzda kechdi. Yurt posbonlarining bekalari musobaqalarda o‘zlarining pazandalik va kasb-hunar bobidagi mahorati bo‘yicha bellashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Pazanda beka” ko‘rik-tanlovida 1-o‘rinni kichik serjant Abdurazzoq Azizovning turmush o‘rtog‘i Jahona Rashidova egallagan bo‘lsa, “Mohir qo‘llar” ko‘rik-tanlovida kichik serjant O‘ktam Ro‘ziyevning turmush o‘rtog‘i Sarvinoz Shuhratova mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti