Uchuvchilar harbiy shaharchasida shoir ijodiga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual bellashuvi o‘tkazildi

0
653

Abdulla Oripov adabiyotga yangicha badiiy tafakkur olib kira olgan shaxslardan biridir. U nafaqat shoir, balki jamoat arbobi sifatida ham elda taniqli. Bu yil shoirning 83 yilligi keng nishonlanadi. Shu munosabat bilan Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli harbiy qismda bir guruh maktab o‘quvchilari uchun “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil qilindi.

Bellashuvda Parkent tumanidagi “Ulug‘bek”, “Samarobod”, “Novdak” va “Nevich” mahallaridagi otaliqqa olingan yoshlardan tuzilgan jamoalar to‘rt bosqichda Abdulla Oripov ijodi yuzasidan bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.  Intellektual o‘yin Chirchiq Davlat pedagogika universiteti  o‘qituvchilari va ofitser mutaxassislar tomonidan shaffof  baholab borildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, “Nevich” mahalla yoshlari g‘alaba qozondi.

Zakovatdan so‘ng mahalla yoshlariga harbiy qismdagi qidiruv-qutqaruv xizmatiga tegishli parashyut va boshqa texnik jihozlar namoyish qilindi. Harbiy texnikalar bilan yaqindan tanishar ekan, ekskursiyada yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas’ul ofitserlardan batafsil javoblarga ega bo‘ldi. 

 Mudofaa vazirligi Axborot va
kommunikatsiyalar departamenti