“Forish” poligonida milliy va amaliy sport turlari bo‘yicha musobaqalar boshlandi

0
962

Ayni kunlarda “Forish”  tog‘ poligoni bazasida Mudofaa vazirligi qo‘shinlari o‘rtasida “Navro‘z”  umumxalq bayramiga bag‘ishlangan milliy va amaliy sport turlari bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tmoqda.

Milliy kurash, tosh ko‘tarish, pichoq uloqtirish va armiya biatlonining qiziqarli bahslarida 15 ta jamoaning 300 nafardan ortiq harbiy xizmatchi sportchilari ishtirok etyapti. Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi musobaqalarning barcha g‘olib va sovrindorlari 16 mart kuni aniqlanadi.

“Forish”  poligoniga yetib kelgan ishtirokchilar dastlabki kun milliy kurash bellashuvlarini boshlab yuborishdi. Okruglar va o‘z jamoalari sharafini munosib himoya etayotgan harbiy xizmatchilar bahslar davomida shaxsiy hamda jamoaviy birinchilik uchun kurash olib boradi.

Musobaqalarda harbiy oliy ta’lim muassasalari kursantlari ham qatnashayotganini alohida ta’kidlash o‘rinli. Shuningdek, bahslarda Artyom Shturbabin, Bahriddin Ismoilov, Nadejda Dusanova, Artem Chernishev kabi taniqli sportchilarning ishtirokchi va hakam sifatida qatnashishi musobaqalarning yanada murosasiz o‘tishini ta’minlamoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti