Namanganda “Jasorat maktabi”ning navbatdagi mavsumi yakunlandi

0
967

Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari Namangan garnizonidagi Chaqiriluvchilarni harbiy texik mutaxassisliklar bo‘yicha tayyorlash markazida joriy yildagi “Jasorat maktabi” vatanparvarlik yig‘inining navbatdagi mavsumi ham yakunlandi.

Yuqori saviyada o‘tkazilgan yig‘in davomida ishtirokchilar bilan uchrashuvlar, seminar-treninglar, sport musobaqalari hamda bosha keng qamrovli tadbirlarning o‘tkazilishi ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi. Yoshlar kelajak hayotlarini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan kasb-hunarlarni egallash bilan bir qatorda, harbiycha kun tartibi va mashg‘ulotlarda toblandi.

Quvonarlisi, “Jasorat maktabi” yig‘ini davomida ishtirokchilarning aksariyati muddatli harbiy xizmatga borish istagini bildirgan bo‘lsa, qolganlari tadbirkorlik va hunarmadchilik sohalarida o‘z ishlarini boshlashga qaror qildi.

Joriy mavsumning yakuniga bag‘ishlangan tantanali tadbirda okrug qo‘mondonligi, viloyat hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, faxriylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida yigitlarga maxsus sertifikatlar, esdalik sovg‘alari hamda ayrim yoshlarga belgilangan tarzda harbiy guvohnomalar ham topshirildi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati