Bo‘lajak harbiy aloqachilar o‘quv amaliyotida sinovdan o‘tkazildi

0
1313

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida kursantlarning nazariy bilimlarini mustahkamlash va amaliy ko‘nikmalar hosil qilish maqsadida kursantlar va ilk marotaba harbiy institutda tahsil olayotgan chet el kursantlari bilan dala o‘quv markazida maxsus-taktik mashg‘ulot sifatida o‘quv amaliyoti bo‘lib o‘tdi.

Darhaqiqat, institutda olib borilayotgan ishlar yangi innovatsion loyihalar hamda kursantlarning zamonaviy ta’lim olishlarini jadallashtirish, harbiy xizmatchilarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash borasida ilg‘or tajribalar asosida tashkil etilmoqda.

Navbatdagi amaliy mashg‘ulotlar ham o‘quv nuqtalariga taqsimlangan holda zamonaviy usullarda olib borildi. Xususan, stansiyalarni joylashtirish, ekipaj tarkibida yoyish va yig‘ish mashqlari, aloqa o‘rnatish, aloqa kanallarini o‘lchash va me’yoriga keltirish, topshirish va axborot almashinishni amalda bajarish, aloqa texnikasida belgilangan o‘quv topshiriqlar va me’yorlarni bajarish kabi mashg‘ulotlarda bo‘lajak ofitserlar sinovdan o‘tkazildi.

Shuningdek, dala chiqishi mashg‘ulotlari davomida o‘quv amaliyotga jalb qilingan shaxsiy tarkibning ma’naviy-ruhiy holatini ta’minlash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazib borildi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti