Zomin bo‘ylab harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi

0
851

Jizzax garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari Zomin tumani hokimligi bilan hamkorlikda “G’ofur G’ulom” hamda “Istiqlol” MFYlarda joylashgan umumta’lim maktablarida “Milliy armiya — yoshlar nigohida!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali o’tkazildi.

O’quvchi yoshlarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan festivallar dastlab harbiy orkestr va sanʼatkorlarning ona Vatan va tinchlikni, sadoqat, mehr-muhabbat va jasoratni ulugʻlovchi kuy-qoʻshiqlari bilan boshlanib, konsert dasturlari yoshlarda ko‘tarinki kayfiyat uyg‘otdi.

Tadbirlar davomida faxriy qorovulning safi hamda qo‘l jangi ustalarining chiqishlari ertamiz egalarining qalbida mardlik kabi hislarni uyg‘otib, shijoatini yanada oshirdi. Namoyish etilgan zamonaviy qurol-aslahalar va harbiy texnikalar ko‘rgazmasi, shuningdek, qurollarni to’liq va noto’liq qismlarga ajratish bo’yicha o‘tkazilgan musobaqalar yoshlar uchun unutilmas onlarni taqdim etdi.

Joylarda bu kabi tadbirlar davom etmoqda.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati