Harbiy xizmatchilar yashil makon yaratish ishlarida faol

0
1587

Daraxtlar kislorodning asosiy manbaidir. Ma’lumotlarga qaraganda, bir kishining kislorodga bo‘lgan ehtiyoji uchun to‘rtta daraxt kerak bo‘larkan.

Yurtimizga ko‘klam  kirib kelishi bilan hasharlar, ko‘chat ekish aksiyalari har qachongidan ham qizg‘in tus olmoqda. E’tiborlisi, bu kabi ko‘kalamzorlashtirish ishlarida harbiy xizmatchilar ham faol.

Xususan, Mudofaa vazirligi Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligida ham harbiy xizmatchilar tomonidan harbiy shaharchaga va unga tutash bo‘lgan ko‘chalarda yerlarga ishlov berilib, 100 ga yaqin turli xildagi manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Mazkur tadbirlarga hududda istiqomat qilayotgan aholining keng qatlami, ayniqsa, yoshlarning ham faol ishtirokini ta’minlash maqsad qilib olingan. Respublikamiz bo‘ylab obodonlashtirish ishlari davom etadi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti