Sirdaryoda “Jasorat maktabi” harbiy oʻquv yigʻinining birinchi mavsumi boshlandi

0
727

Toshkent harbiy okrugi qoʻmondonligi tasarrufidagi harbiy qismda yigʻinning ochilish marosimiga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Toshkent harbiy okrugi harbiy xizmatchilari, Sirdaryo viloyatining shahar va tumanlardan kelgan yigitlar, mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Ochilish marosimida Toshkent harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni oʻrinbosari polkovnik Baxtiyor O‘rolboyev hamda harbiy qism komandiri, faxriylar, prokuratura xodimlari soʻzga chiqib, yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar va keng koʻlamli imkoniyatlar haqida fikr bildirdilar.

Tantanali tadbir davomida harbiy xizmatchilarning koʻrgazmali chiqishlari yigʻin ishtirokchilariga koʻtarinki ruh bag‘ishladi. Shuningdek, harbiy qism harbiy texnikalari hamda qurol-yarogʻ koʻrgazmalari namoyish etildi.

O‘n kun davomida yigʻin ishtirokchilari bilan harbiy qismda jangovar, maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik, IT-texnologiyalari, tadbirkorlik hamda kasb-hunarga oʻrgatish boʻyicha mashgʻulotlar hamda turli sport oʻyinlari va koʻrik-tanlovlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

 Toshkent harbiy okrugi matbuot xizmati