“Jasorat maktabi” yig‘ini ishtirokchilari “Qo‘mondon kubogi” uchun bellashdi

0
825

Navoiy garnizonidagi harbiy qismda 100 nafar navoiylik yoshlar ishtirokida boshlangan “Jasorat maktabi” yig‘ini ishtirokchilari o‘rtasida Markaziy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni kubogi uchun “Harbiy estafeta” musobaqalari o‘tkazildi.

Musobaqa shartiga ko‘ra ishtirokchilar 400 metr masofa oralig‘ida avtomatni noto‘liq qismlarga ajratish va yig‘ish, gazga qarshi niqobni kiyish va yuk avtomobilining g‘ildiragini aylantirib yugurishi kerak bo‘ldi.

Estafeta uchun yig‘in ishtirokchilaridan 4 ta jamoa shakllantirilib, bellashuvlarda har bir jamoadan 4 nafar ishtirokchi qatnashdi. Qizg‘in va murosasiz bahslar yakuni bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, jamolarga qo‘mondon kubogi va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Harbiy-vatanparvarlik yig‘ini tadbirlari o‘quv rejasiga asosan yuqori saviyada tashkil etilmoqda.  

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati