Mafkuraviy immunitetni oshirishga qaratilgan o‘quv kursi

0
973

O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasida qo‘mondonlik tarkibi ofitserlarining “Yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” mavzusidagi maxsus dastur bo‘yicha malaka oshirish kursi boshlandi.

Mazkur o‘quv soatlari O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining axloqiy-ruhiy tayyorgarligi va jangovar ruhini oshirish, turli murakkab va og‘ir vaziyatlarga nisbatan ruhiy bardoshliligini, yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetini mustahkamlash orqali milliy armiyamizning jangovar shayligi va qudratini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

 

O‘n kunlik o‘quv mashg‘ulotlari davomida akademiyaning professor o‘qituvchilari tomonidan 40 nafar qo‘mondonlik tarkibi ofitserlariga qo‘shinlarda harbiy xizmatchilarning yuqori axloqiy-ruhiy tayyorgarligi va turli buzg‘unchi g‘oyalarning ta’siriga qarshi mafkuraviy immunitetni mustahkamlash, harbiy jamoalarda yuksak harbiy intizom, o‘zaro yordam va hamjihatlik, o‘zaro o‘rtoqlik muhitini qaror toptirishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar, ularning yo‘llari va vositalari haqidagi yangi bilim va tushunchalar beriladi.

Malaka oshirish kursining dastlabki kunida harbiy xizmatchilar uchun Islom akademiyasi bo‘ylab ekskursiya o‘tkazilib, ularga tarixiy qo‘lyozma va kitoblar haqida keng ma’lumotlar berildi. O‘qish davomida “Qatag‘on qurbonlari” xotirasi davlat muzeyi va teatrlarga tashriflar ham rejalashtirilgan.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti