Kattaqo‘rg‘onlik yoshlar o‘rtasida “Vatanparvarlar” musobaqasi o‘tkazildi

0
1034

Kattaqo’rg’on garnizonida joylashgan harbiy qismda Kattaqo’rg’on shahridagi  umumta’lim maktablarining 10-11-sinflarida tahsil olayotgan “Vatan  tayanchi” otryad a’zosi bo‘lgan o‘quvchilar o‘rtasida “Kattaqo‘rg‘on garnizoni boshlig‘i kubogi” uchun “Vatanparvarlar” harbiy-sport musobaqasi o’tkazildi.

Musobaqa shartlariga ko‘ra jamoalar “Safda qo‘shiq aytish”, “Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish”, “Harbiy estafeta”, “Pnevmatik quroldan o‘q uzish”, “Turnikda tortilish” hamda “Temuriy izdoshlari” kabi shartlar bo‘yicha o‘zaro bellashishdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan musobaqa yakunida g‘olib jamoalar aniqlanib, ularga diplom, faxriy yorliq, qimmatbaho sovg’alar hamda garnizon boshlig‘ining kubogi tantanali topshirildi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati