Fotoreportaj: Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy okrug va muassasalarda bayram tantanalari

0
2592

Keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatimizdagi oʻrni va mavqeini, ularning ijtimoiy-siyosiy hayotimizdagi nufuzini oshirishga davlat siyosati darajasida eʼtibor berilayotgani katta voqea boʻlmoqda. Eng muhimi, noziq qalb sohiblariga koʻrsatilayotgan yuksak eʼtibor, ehtirom sabab ularning har jabhada faolligi koʻzga tashlanmoqda.

Xususan, sharafli kasb – harbiylikni tanlab, tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash yoʻlida fidokorona xizmat qilayotgan ayollarimiz ham borki, ulardagi fidoyilik, burchga sadoqatni koʻrganimizda koʻngildan cheksiz faxr, iftixor tuygʻulari kechadi.

Bugun Mudofaa vazirligi tasarrufidagi harbiy okrug va muassasalarda 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan tantanali tadbirlar bo‘lib o‘tdi.Tantanalarda harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondonlari va ularning oʻrinbosarlari, oliy harbiy taʼlim muassasalari boshliqlari va shaxsiy tarkib, shuningdek, tizimda faoliyat yuritayotgan harbiy xizmatchi va Qurolli Kuchlar ishchi xizmatchi ayollari, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Toshkent harbiy okrugi
Toshkent harbiy okrugi
Toshkent harbiy okrugi
Toshkent harbiy okrugi
Toshkent harbiy okrugi
Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Sharqiy harbiy okrug
Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug
Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug
JOQ
JOQ
JOQ
JOQ
JOQ
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Markaziy harbiy okrug
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi
Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi
Qurolli Kuchlar akademiyasi
Qurolli Kuchlar akademiyasi
Qurolli Kuchlar akademiyasi
Qurolli Kuchlar akademiyasi
Qurolli Kuchlar akademiyasi
Harbiy tibbiyot akademiyasi
Harbiy tibbiyot akademiyasi
Harbiy tibbiyot akademiyasi
O‘zbekiston Respublikasi harbiy aviatsiya instituti
O‘zbekiston Respublikasi harbiy aviatsiya instituti
O‘zbekiston Respublikasi harbiy aviatsiya instituti
O‘zbekiston Respublikasi harbiy aviatsiya instituti
O‘zbekiston Respublikasi harbiy aviatsiya instituti

Tantanali tadbirlarda so‘z olganlar harbiy qism va muassasalarda erkaklar bilan bir safda turib, yurtimiz himoyasi yoʻlida, tinchlik va osoyishtalikni taʼminlashda ibrat koʻrsatayotgan barcha opa-singillarimizning fidokorona mehnatlarini e’tirov etib, ularga samimiy tilaklarini bildirdi.

Bayram munosabati bilan bir guruh harbiy xizmatchi ayollar va Qurolli Kuchlar xizmatchilari mudofaa vazirining esdalik nishoni va “Namunali xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni, navbatdagi harbiy unvon, faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti