Mudofaa vazirligida 8-mart munosabati bilan tantanali bayram tadbiri oʻtkazildi

0
2396

Mudofaa vazirligi markaziy apparatida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan tanatanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tantanani mudofaa vaziri o‘rinbosari polkovnik Alisher Norboyev ochib berdi va mudofaa vazirining ayol-qizlarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Shundan so‘ng vazirlik tizimida xizmat qilayotgan bir guruh harbiy xizmatchi hamda Qurolli Kuchlar xizmatchilari munosib taqdirlandi.

Sharafli kasb – harbiylikni tanlab, tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash yoʻlida fidokorona xizmat qilayotgan ayollarimizdagi fidoyilik, burchga sadoqatni koʻrganimizda koʻngildan cheksiz faxr, iftixor tuygʻulari kechadi.

Tadbirda soʻz olganlar Qurolli Kuchlar, tizimda olib borilayotgan islohotlarga urgʻu berar ekan, ayol harbiy xizmatchilarning erishayotgan yutuqlarini, qoʻlga kiritayotgan natijalarini, kasbiy mahorati va tajribasini alohida eʼtirof etdi. Xususan, O‘zbekiston xalq artisti, Mudofaa vazirligi Jamoatchilik kengashi a’zosi Muhammadali Abdiqunduzov mumtoz adabiyotda ayol sha’nini ko‘klarga ko‘taruvchi misralardan o‘qib berib barchani xushnud qildi.

Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari ijrosidagi konsert dasturi kechaga o‘zgacha shukuh bag‘ishladi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti