Ayollar birdamligini mustahkamlashga qaratilgan tanlovlar o‘tkazildi

0
1392

Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi tomonidan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayramini koʻtarinki ruhda nishonlash, harbiy xizmatchilarning turmush o‘rtoqlari o‘rtasida doʻstona birdamlikni oshirish va ular oʻrtasida sogʻlom raqobatni rivojlantirish maqsadida Navoiy va Jizzax gornizonida turli tanlovlar tashkil etildi.

Navoiy garnizonidagi harbiy qismda “Ayol borki, olam munavvar” shiori ostida  o‘tkazilgan tanlovda harbiy oila bekalari “Eng pazanda beka”, “Mohir qo‘llar”, “Bahru-bayt” hamda “Savol-javob” shartlari asosida o‘zaro bellashishdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda o‘zining zukkoligi, donoligi hamda pazandalik mahoratini namoyish etgan nozik hilqat vakilalari yakunda harbiy qism rahbariyatining diplom va qimmatbaho sovg‘lariga ega bo‘lishdi.

Jizzax garnizonidagi harbiy qismda esa harbiy xizmatchilarning turmush o‘rtoqlari “Eng yaxshi pazanda ayol”  tanlovida bahoriy taomlarni tayyorlab, bayram dasturxonlarini bezatishdi. Tanlov davomida hakamlar tomonidan ishtirokchilarning uy bekasi va  pazandalik mahorati sinovdan oʻtkazilib, ularning ishlari odilona baholandi.

Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida o‘tkazilgan mazkur tanlovlar harbiy oila bekalarining birdamligini yanada mustahkamlashga xizmat qilgan bo‘lsa ajabmas.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati