Farg‘onada general talabalar bilan uchrashdi

0
2256

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Farg‘ona filialida oliy ta’lim muassasalari talabalari va “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi o‘quvchilari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Tadbirda Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni general-mayor Aybek Saidov, Farg‘ona viloyat hokimligi, Yoshlar ittifoqi Farg‘ona viloyat kengashi, universitet rahbariyati, faxriylar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Unchrashuvda asosan ta’lim sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar hamda sharoitlar haqida so‘z yuritildi.

Shuningdek, okrug qo‘shinlari qo‘mondoni yoshlarga Mudofaa vazirligi tizimida olib borilayotgan islohotlar, erishilayotgan yutuqlar hamda oliy harbiy ta’lim muassasalari haqida batafsil ma’lumotlar berdi. Samimiy ruhdagi muloqotlar savol-javoblarga ulanib ketdi.

Xususan, talabalar harbiy xizmat, milliy armiyamiz saflarida xizmat qilish tartiblari, hozirda o‘zlari ta’lim olayotgan yo‘nalish mutaxassisliklari uchun Qurolli Kuchlarimizda qanday imkoniyatlar mavjudligi, mudofaa tizimida axborot texnologiyalarining o‘rni kabi ko‘plab qiziqarli mavzularga qiziqish bildirdi. Uchrashuv yakunida faol ishtirok etgan bir guruh yoshlar okrug qo‘shinlari qo‘mondonining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Sharqiy harbiy okrug matbuot xizmati