Harbiy xizmatchi ayollar o‘rtasida o‘tkazilgan spartakiada g‘oliblari aniqlandi

0
3598

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan harbiy xizmatchi ayollar o‘rtasidagi spartakiada bo‘lib o‘tdi. Bir necha kun davom etkan bellashuvlar kecha o‘z yakuniga yetdi va g‘oliblar aniqlandi.

Qurolli Kuchlar akademiyasi va Mudofaa vazirligi sport majmualarida bo‘lib o‘tkan bellashuvlarda stol tennisi, darts, 50 metrga suzish, Kalashnikov avtomatidan o‘q otish, shaxmat, shashka, badminton kabi bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha bahslarda ayol harbiy xizmatchilar g‘oliblik uchun kuch sinashdi.

Musobaqaning so‘nggi kunida Qurolli Kuchlar akademiyasida arqon tortish hamda estafeta yugurish (800, 400, 200, 100 metr) musobaqalari o‘tkazildi. Har bir shartda ayol harbiy xizmatchilarning nafaqat jismoniy, balki aqliy va ruhiy ko‘nikmalari ham sinovdan o‘tkazildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida g‘oliblar quyidagicha aniqlandi:

I o‘rin — Toifalangan obyektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi;
II o‘rin — Qurolli Kuchlar akademiyasi;
III o‘rin — Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi;

Shuningdek, “Eng namunali jamoa” nominatsiyasida Sharqiy harbiy okrug tarkibi, “Eng faol jamoa” nominatsiyasida Markaziy aloqa uzeli hamda “Eng nafis libosidagi jamoa” nominatsiyasida Toshkent harbiy okrugi jamoasi taqdirlandi. Shu bilan birga, bir qator sport turlari bo‘yicha yakkalik hisobda o‘rinlar aniqlanib, g‘oliblar munosib rag֥‘batlantirildi.

Samandar Hakimjonov,
Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti