Fotoreportaj: O‘g‘lonlar muddatli harbiy xizmatga kuzatildi

0
1688

Inson hayotida shunday bir davr borki, bunda har bir yigitning Vatanga boʻlgan samimiy muhabbati, sadoqati, or-nomusi shakllanadi. Bu – shubhasiz, harbiy xizmatni oʻtash davri.

Vatan himoyasiga bel bogʻlagan yuzlab yoshlar bugun oʻz maqsadlari roʻyobi ostonasida jam boʻlishdi.

Bugun, 5-mart kuni respublikamiz bo‘ylab Mudofaa ishlari boshqarmalari va alohida ajratilgan maydonlarda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlarni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safiga kuzatishga bagʻishlangan ilk tantanali tadbirlar boʻlib oʻtdi.

Xorazm viloyati
Xorazm viloyati
Xorazm viloyati
Xorazm viloyati
Xorazm viloyati
Samarqand viloyati
Samarqand viloyati
Samarqand viloyati
Samarqand viloyati
Jizzax viloyati
Jizzax viloyati
Navoiy viloyati
Navoiy viloyati
Navoiy viloyati
Navoiy viloyati
Navoiy viloyati
Farg‘ona viloyati
Farg‘ona viloyati
Farg‘ona viloyati
Farg‘ona viloyati
Farg‘ona viloyati
Namangan viloyati
Namangan viloyati
Namangan viloyati
Namangan viloyati
Namangan viloyati
Andijon viloyati
Andijon viloyati
Andijon viloyati
Andijon viloyati
Andijon viloyati

Tantanali tadbirlarda okrug qo‘shinlari qo‘mondonlari, viloyat hokimligi mutasaddilari, Qurolli Kuchlar faxriylari, davlat va jamoat tashkiloti vakillari, muddatli harbiy xizmatga yo‘l olayotgan yigitlarning ota-onalari va do‘stlari ishtirok etib, Vatanni himoya qilishdek muqaddas va sharafli burchni bajarishga shay turgan oʻgʻlonlarga bukilmas iroda, soʻnmas matonat va kuch-gʻayrat tilashdi.

Joylarda chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga kuzatish tadbirlari davom etmoqda. 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti