Jizzax viloyatidagi harbiy qismlarning birida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi

0
1837

Uch yuzdan ortiq umumta’lim maktablari o‘quvchilari va mahallalar yoshlari qamrab olingan ushbu tadbir kuch tuzilmalari va Harbiy prokuratura hamkorligida tashkil qilindi.

Tadbir doirasida harbiy qismdagi mavjud sharoitlar o‘rganildi. Harbiy xizmatchilarning jangovar chiqishlari va sport musobaqalari, ayniqsa, yoshlarga o‘zgacha ruh bag‘ishladi. Shuningdek, kun davomida malakali tibbiyot mutaxassislari tomonidan tibbiy maslahat ham tashkil qilindi.

O‘quvchi yoshlarning harbiy xizmatchilar bilan samimiy suhbatlari bayramona dasturxon atrofida yanada esda qolarli bo‘ldi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti