Qoraqalpogʻiston oʻgʻlonlari yigitlik burchini oʻtashga yoʻl oldi

0
1481

Davlatimiz rahbarining 2024-yil 12-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatini o‘tab bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilarni qurolli kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan joriy yilning mart-aprel oylarida yoshlarni muddatli harbiy xizmatga chaqirilishi belgilab qo‘yilgan.

Bugun, 5-mart kuni qoraqalpoq yoshlari Vatan oldidagi sharafli burchlarini ado etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari saflariga kuzatildi.

Tantanali tadbirda Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi qo‘mondonligi, Qurolli Kuchlar vazirlik va idoralari hududiy rahbarlari, nuroniylar, ota-onalar va yoshlar ishtirok etdi.

Yuzlab yoshlar orasidan saralab olingan o‘g‘lonlar bir safda mardona turar ekan, ularning ko‘zlarida yurtga sadoqat bilan xizmat qilish istagi porlab turdi. Keksalar, ota-onalarning duolari, harbiy orkestrning vatanparvarlik ruhidagi kuylari barchaning ruhini birdek ko‘tardi.

Muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan yoshlarni Qurolli Kuchlar safiga kuzatishga bagʻishlangan tantanali tadbirlar respublika bo‘ylab o‘tkazilmoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy
kommunikatsiyalar departamenti