Talabalarga oliy harbiy ta’lim muassasalari hamda ofitser lavozimlari to‘g‘risida ma’lumot berildi

0
2303

Yoshlar orasida harbiylik kasbiga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida Jizzax viloyat Mudofaa ishlar boshqarmasi tomonidan Jizzax politexnika instituti talabalari uchun Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy bilim yurtlariga va Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga oʻqishga kirish tartibi bo‘yicha tushunchalar berishga qaratilgan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda yoshlarga Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar, o‘qishga qabul qilishda harbiy-professional yo‘nalishlar, test sinovlari tartibi hamda saralab olish jarayonida nomzodlarga beriladigan imtiyozlar ro‘yxati haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olib, kelgusida harbiy bo‘lish istagini bildirgan yoshlar uchun harbiy bilim yurtlaridagi magistratura yo‘nalishi hamda  o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ofitserlik lavozimida xizmat olib borish haqida tushunchalar berib o‘tildi.

Ochiq va samimiy o‘tkan uchrashuvda ko‘p yillar davomida Qurolli Kuchlar safida xizmat qilgan faxriylar o‘zlarining erishgan yutuqlari bilan o‘rtoqlashib, harbiylik kasbining sharafli ekanligini aytishdi va yoshlarning qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob berishdi.

Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati