Korrupsiya – kelajakka tahdid

0
755

Korrupsiya – insonlarning faoliyati davomida rivojlanishga katta toʻsiq boʻlib kelayotgan illat. Yillar davomida orttirilgan obroʻ-eʼtibor birgina nafs quliga aylangan chogʻi barbod boʻladi. Yurtimizda barcha sohalarda bu illatga qarshi kurashish borasida koʻplab tadbirlar oʻtkazilib kelinmoqda.
Xususan, Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligiga qarashli harbiy qismlarning birida ham “Korrupsiya – kelajakka tahdid” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi va Qarshi harbiy prokuraturasi vakillari ishtirok etib, yigʻilganlarga bu illatning inson hayotiga qanchalik xavfli ekanligini aniq misollar orqali tushuntirib oʻtdi.
Cuhbat davomida qatnashchilar mavzu boʻyicha dolzarb savollarga mutaxassislardan javoblar olishdi.

Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrug matbuot xizmati